Asosiy mazmunga oʻtish

Xalqaro malakaga ega ingliz tili oʻqituvchisi boʻling

Ingliz tili oʻqituvchilari uchun malaka oshirish

Oʻqituvchilik faoliyatingizni xalqaro standartga olib chiqing

3 000+ oʻquvchi · 4.6 / 5 bitiruvchilar bahosi · 2021-yildan beri

Akkreditatsiya, tasdiq va nazorat

  • Highfield Qualifications
  • Ofqual Regulated
  • DEAC
  • AQC — Approved Quality Curriculum

Ofqual nazoratida — Buyuk Britaniya davlat organi

3 000+
oʻquvchi
4.6 / 5
bitiruvchilar bahosi
2021
tashkil topgan yil
Level 5
TEFL malakasi

Diplomingiz bor. Ammo professional rivojlanish shu bilan tugamaydi.

Universitet diplomi oʻqituvchilik uchun muhim asos beradi. Malaka oshirish kursi esa zamonaviy oʻqitish metodikasi, dars rejalashtirish va sinfni boshqarish kabi koʻnikmalarni chuqurlashtirishga yordam beradi.

Siz shunchaki sertifikat olmaysiz. Siz oʻqituvchilik koʻnikmalaringizni rivojlantirasiz.

Oʻqitish metodikasi

Ingliz tilini oʻqitishning zamonaviy usullarini oʻrganing va ularni amaliyotda qoʻllang.

Amaliy tayyorgarlik

Dars rejalashtirish, sinfni boshqarish va amaliy dars berish orqali koʻnikmalaringizni rivojlantiring.

Xalqaro malaka

Dastur talablarini muvaffaqiyatli bajaring va Level 5 TEFL malakasiga ega boʻling.

Bu oddiy sertifikat kursi emas. Bu oʻqituvchilar uchun jiddiy malaka oshirish dasturi.

2021-yildan buyon 3 000 dan ortiq oʻqituvchi shu dasturdan oʻtdi.

Highfield Level 5 Diploma in TEFL malaka hujjati namunasi — ism va raqam berkitilgan
Namuna. Bitiruvchining ismi va sertifikat raqami berkitilgan.

Siz olayotgan malaka haqida bilishingiz kerak boʻlgan narsalar

Level 5 TEFL malakasi oʻqituvchilar uchun malaka oshirish dasturini muvaffaqiyatli yakunlaganingizni tasdiqlaydi.

Kim beradi
Highfield Qualifications — Buyuk Britaniyaning eng yirik sertifikatlovchi tashkilotlaridan biri. U Ofqual (Angliya), Qualifications Wales, Qualifications Scotland Accreditation, CCEA (Shimoliy Irlandiya) va Security Industry Authority nazorati ostida ishlaydi. Bu diplom Ofqual reyestrida QAN 610/5386/7 raqami bilan qayd etilgan va istalgan vaqtda mustaqil ravishda tekshirilishi mumkin.
Hujjat nomi
Highfield Level 5 Diploma in Teaching English as a Foreign Language (TEFL)
Malaka raqami
610/5386/7
Oʻquv soati
180 soat
  • Highfield Qualifications
  • Ofqual Regulated
  • Qualifications Wales
  • CEA Regulation
  • DEAC
  • AQC
  • King's Awards for Enterprise
  • The TEFL Institute

Sizni oʻqitadigan mutaxassis bilan tanishing

Akademiyaga 2021-yilda Feruzjon Sharipov asos solgan. Asosiy metodika darslarini bugungi kunda ham oʻzi olib boradi.

Feruzjon Sharipov — Asoschi va bosh oʻqituvchi
Asoschi va bosh oʻqituvchi

Feruzjon Sharipov

Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD). Webster University in Tashkent shtatdan tashqari oʻqituvchisi — akademik maqsadlar uchun ingliz tili kursini olib boradi. Shuningdek, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili oʻqitish metodikasi kafedrasi katta oʻqituvchisi.

Tajriba
Ingliz tili oʻqitish metodikasi boʻyicha 10 yillik oʻqituvchilik tajribasi. 2021-yildan buyon akademiyada 3 000 dan ortiq oʻqituvchi malaka oshirgan.
Oʻzi oʻqitadigan qismlar
Highfield Level 5 TEFL Diploma dasturining asosiy metodika modullari — oʻqitish yondashuvlari va metodlari, dars rejalashtirish, sinfni boshqarish va baholash.

Hujjatlari

  • PhD (filologiya fanlari)
  • MA in TESL, Webster University (2019)
  • CELTA, Cambridge Level 5
  • Cambridge Train the Trainer
  • Highfield Level 5 TEFL Diploma (Ofqual)
  • TEFL: Business English va Young Learners

Biz haqimizda

Biz Oʻzbekistonda Ofqual nazoratidagi oʻqituvchilik malakalarini beruvchi tashkilotmiz — The TEFL Institute of Ireland ning rasmiy hamkori sifatida ishlaymiz.

2021-yildan buyon mamlakat boʻylab 3 000 dan ortiq ingliz tili oʻqituvchisini tayyorladik. Dasturlarimiz malakasini Highfield Qualifications beradi va ular Ofqual reyestriga kiritilgan — yaʼni Toshkentda oladigan diplomingiz Buyuk Britaniyada olingani bilan bir xil rasmiy maqomga ega.

Nimalarni beramiz

Ofqual nazoratidagi oltita malaka: Level 5 TEFL Diploma, Level 5 Advanced TEFL Diploma va Business English, Teaching English Online and One-to-One, English for Exams hamda CLIL yoʻnalishlari boʻyicha toʻrtta 60 soatlik Level 5 Award.

Kim oʻqitadi

Dasturlarimizni sinf oʻqituvchilari emas, oʻqituvchi tayyorlovchi mutaxassislar olib boradi. Har biri AQSh va Buyuk Britaniya universitetlarining oliy oʻquv yurtidan keyingi malakasiga ega va hozirda Webster University Tashkent yoki Westminster International University in Tashkent da maʼruza oʻqiydi. Bu farq muhim: ingliz tilini oʻqitish va ingliz tili oʻqituvchilarini tayyorlash — turli kasblar, ular turli malakani talab qiladi. Jamoamizda oʻqituvchi tayyorlash boʻyicha 20 yildan ortiq tajriba bor — sinfdagi tajriba «ekspertlik» deb qayta nomlangani emas.

Hamkorimiz

The TEFL Institute of Ireland (Highfield Centre 21335) — Yevropadagi tanilgan TEFL provayderlaridan biri. Hamkorlik Oʻzbekistondagi oʻquvchilarga ularning tartibga solingan malakalari toʻliq roʻyxatidan bevosita foydalanish va qoʻsh brendli sertifikat olish imkonini beradi.

Ishdan ajralmagan holda oʻqish mumkinmi?

Ha. Dastur gibrid shaklda oʻtadi: nazariya ish vaqtidan soʻng Zoom orqali jonli, amaliy mashgʻulotlar esa dam olish kunlari Toshkentda sinfda oʻtkaziladi. Oʻquv dasturi va baholash talablari bir xil.

Sinfda — Toshkent

  • Haftada uch marta
  • Har darsda ikki soat

Gibrid — istalgan joydan

  • Nazariya — Zoom orqali jonli. Malakali oʻqituvchi-trener bilan real vaqtda dars.
  • Amaliy mashgʻulotlar — sinfda. Dam olish kunlari kun boʻyi oʻqitish va oʻrganish mashgʻuloti.

3 000+ oʻquvchi biz bilan oʻqidi. Endi ularning hikoyalarini koʻring.

Bitiruvchilarimiz kursdan keyingi oʻzgarishlar haqida oʻzlari soʻzlab berishdi.

Sertifikat topshirish marosimi va bitiruvchilar sharhlari
Bitiruvchi sharhi
Bitiruvchi sharhi
Bitiruvchi sharhi
4.6 / 5
bitiruvchilar bahosi
4.7 / 5
doʻstiga tavsiya qilishga tayyor
3 000+
oʻquvchi biz bilan oʻqidi

Bitiruvchilar nima deydi

Kursni tugatganlar oʻz nomidan yozgan fikrlari. Har bir izoh chiqarilishidan oldin tekshiriladi.

Hozircha izoh yoʻq. Birinchi boʻlib fikringizni yozing.

Oʻz fikringizni qoldiring

Kursni tugatgan boʻlsangiz, fikringiz keyingi oʻqituvchiga yordam beradi.

Nega aynan bizni tanlashadi

Malaka Ofqual nazoratida

Highfield Qualifications — Buyuk Britaniya tashkiloti. U Ofqual, yaʼni Britaniya davlat organi nazorati ostida ishlaydi.

Toʻlovni boʻlib toʻlaysiz

Uchta variant bor: toʻliq oldindan toʻlasangiz 2 000 000 soʻm chegirma, yarmini oldindan toʻlasangiz 1 000 000 soʻm chegirma, yoki muddatli toʻlov.

Bu malaka oshirish, hujjat sotish emas

2 oy davomida toʻliq oʻquv jarayoni: darslar, mustaqil topshiriqlar va muntazam baholash.

Baholash shaffof

Baholash mezonlari oldindan eʼlon qilinadi. Yakuniy natijani xalqaro sertifikatlovchi tashkilot belgilaydi.

Gibrid — istalgan viloyatdan

Nazariya Zoom orqali jonli oʻtadi — mamlakatning istalgan joyidan qatnashasiz. Amaliy mashgʻulotlar Toshkentda sinfda oʻtkaziladi. Dastur va baholash talablari bir xil.

Asosiy darslarni asoschi olib boradi

Akademiya asoschisi Feruzjon Sharipov asosiy metodika darslarini shaxsan oʻzi oʻtadi.

Koʻp beriladigan savollar

Savolingizga javob topmadingizmi? Mutaxassislarimiz bepul maslahat beradi.

Menda universitet diplomi bor. Bu kurs menga nima beradi?

Universitet diplomi asos beradi, malaka oshirish kursi esa amaliy oʻqitish koʻnikmalarini chuqurlashtiradi: zamonaviy oʻqitish metodikasi, dars rejalashtirish, sinfni boshqarish va baholash. Yakunda esa xalqaro malaka hujjati qoʻlingizda boʻladi.

16 mln soʻm qimmat emasmi?

Narx ichiga oʻqish, oʻquv materiallari, baholash, yakuniy imtihon va malakani rasmiylashtirish kiradi — qoʻshimcha toʻlov yoʻq. Toʻliq oldindan toʻlaganda 2 000 000 soʻm chegirma boʻladi va summa 14 000 000 soʻmga tushadi. Boʻlib toʻlash imkoniyati ham bor.

Malaka hujjati haqiqiymi?

Ha. Uni Buyuk Britaniyaning Highfield Qualifications tashkiloti beradi. Bu tashkilot Ofqual — Britaniya davlat organi — nazorati ostida ishlaydi. Malaka raqami: 610/5386/7. Har bir sertifikatni Highfield saytida raqami boʻyicha tekshirsa boʻladi.

Viloyatdan turib oʻqish mumkinmi?

Ha, mumkin. Dastur gibrid: nazariya Zoom orqali jonli oʻtadi, shuning uchun istalgan viloyatdan qatnashasiz; amaliy mashgʻulotlar Toshkentda sinfda boʻladi. Oʻquv dasturi va baholash talablari bir xil.

Ingliz tilim qanday darajada boʻlishi kerak?

Kursda oʻqish uchun kamida B2 darajasidagi sertifikat boʻlishi kerak.

Kurs qancha davom etadi?

2 oy. Darslar haftada 3 marta, kechqurun soat 19:00 dan 21:00 gacha oʻtadi — jami haftasiga 6 soat. Ular orasida mustaqil topshiriqlar bajariladi.

Toʻlovni boʻlib toʻlash mumkinmi?

Ha. Uchta variant bor. 100% oldindan — 14 000 000 soʻm (2 000 000 soʻm chegirma bilan). 50% oldindan — 15 000 000 soʻm: boshida 8 000 000, qolgan 7 000 000 soʻm 2 oy ichida. Muddatli toʻlov — 16 000 000 soʻm: boshlangʻich 4 000 000, qolgan 12 000 000 soʻm 4 oy davomida har oy 3 000 000 soʻmdan. Chegirmalar faqat oldindan toʻlov qilinganda amal qiladi.

Malaka hujjati qachon beriladi?

Imtihonlarni toʻliq yakunlaganingizdan soʻng 14 ish kuni ichida keladi. Asl nusxasi shartnoma toʻlovi toʻliq yakunlangach topshiriladi.

Kurs narxiga nimalar kiradi?

Oʻqish, oʻquv materiallari, baholash, yakuniy imtihon va malakani rasmiylashtirish. Qoʻshimcha toʻlov yoʻq.

Toifa va attestatsiyada yordam beradimi?

Ha. Sertifikatni olganingizdan keyingi 3 yil ichida majburiy attestatsiya navbatingiz kelsa, imtiyoz beriladi — test topshirmaysiz. Shu muddat ichida 50% ustama ham amal qiladi.

Toʻlov qilgach natija boʻlmasa-chi?

Shartnomada tartib aniq yozilgan. Akademiya oʻquv jarayoni va imtihonga tayyorgarlik uchun javob beradi. Malakani esa Highfield Qualifications faqat kurs davomidagi va yakuniy imtihondan oʻtgan ishtirokchiga beradi. Kurs boshlanib, oʻquv platformasida shaxsiy kabinet ochilganidan keyin toʻlovlar qaytarilmaydi.

Imtihondan oʻtolmasam nima boʻladi?

Ishingiz qayta yozish uchun qaytarilishi mumkin. Bu jarayon xalqaro sertifikatlovchi tashkilotning talablari asosida olib boriladi. Yakuniy bahoni oʻsha tashkilot belgilaydi — akademiya uni oʻzgartira olmaydi.

Sizga qulay toʻlov variantini tanlang

Eng tejamli

100% oldindan toʻlov

14 000 000soʻm

  • 2 000 000 soʻm chegirma

50% oldindan toʻlov

15 000 000soʻm

  • 1 000 000 soʻm chegirma
  • Boshida 8 000 000 soʻm
  • Qolgan 7 000 000 soʻm — 2 oy ichida

Muddatli toʻlov

16 000 000soʻm

  • Chegirmasiz, toʻliq narx
  • Boshlangʻich 4 000 000 soʻm
  • Qolgan 12 000 000 soʻm — 4 oy, har oy 3 000 000 soʻm

Chegirmalar faqat oldindan toʻlov qilinganda amal qiladi.

Narx toʻliq koʻrsatilgan. Oʻquv materiallari, baholash, yakuniy imtihon va malakani rasmiylashtirish xarajatlari shu summaga kiritilgan. Qoʻshimcha toʻlovlar nazarda tutilmagan.

Kursga sarflagan mablagʻingiz qachon oʻzini qoplashi mumkin?

Hozirgi oyligingizni kiriting — taxminiy hisob-kitobni koʻrsatamiz.

soʻm
1 000 00015 000 000
Oyiga qoʻshilishi mumkin
1 500 000soʻm / oy
Bir yilda qoʻshilishi mumkin
18 000 000soʻm
Taxminiy qoplanish muddati
11oy

Bu taxminiy hisob-kitob. Real daromad va natijalar individual holatga bogʻliq. Hisob 50% ustama meʼyoriga va chegirmasiz toʻliq narxga (16 000 000 soʻm) asoslangan; ustama sertifikat olingan kundan boshlab 3 yil davomida amal qiladi.

Arizadan malakagacha — 7 qadam

  1. Ariza qoldirasiz

    Ism va telefon raqamingizni qoldirasiz

  2. Siz bilan bogʻlanamiz

    Barcha savollaringizga javob beramiz

  3. Sertifikatingizni tekshiramiz

    Kamida B2 darajasidagi sertifikat talab qilinadi

  4. Shartnoma tuzamiz

    Toʻlov shaklini oʻzingiz tanlaysiz

  5. 2 oy oʻqiysiz

    Darslar, mustaqil topshiriqlar va baholash

  6. Imtihon topshirasiz

    Baholash mezonlari oldindan maʼlum

  7. Malaka olasiz

    Imtihonlardan soʻng 14 ish kuni ichida

Manzil va aloqa

Manzil
Toshkent, Chilonzor tumani, Muqumiy koʻchasi
Novza metrosidan 10 daqiqa yurasiz
Xaritada ochish va yoʻnalishni koʻrish
Ish vaqti
Dushanbadan shanbagacha, 09:00 dan 18:00 gacha

Professional rivojlanishingizni keyingi bosqichdan boshlang.

Dastur, malaka, oʻqish formati va toʻlov variantlari haqida mutaxassis bilan bepul konsultatsiya oling.

Maʼlumotlaringiz faqat siz bilan bogʻlanish uchun ishlatiladi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.

KonsultatsiyaTelegram